Header stringlengths 2 118 | Content stringlengths 10 1.73k |
|---|---|
Biometrik ma’lumotlar | Foydalanuvchining, originallari raqamli ko‘rinishda elektron hisoblash mashinasi xotirasida saqlanadigan, ovoz tembri, qo‘l barmoqlarining shakli, izi va shular kabi shaxsiy farqlovchi belgilarini o‘zida ifodalovchi autentifikatsiya qilish vositalari. |
Biometrik texnologiya | Inson komandalarini biotoklar orqali foydalanuvchi tizimga yetkazish usuli. |
Biometriya | 1. Shaxsni identifikatsiya qilish uchun biologik xususiyatlardan, masalan, barmoqlar izi yoki ovozdan foydalanish to‘g‘risidagi fan.2. Odam shaxsini fiziologik xarakteristikalarga asoslangan avtomatik identifikatsiya qilish usullari. |
Bionika | Tirik tabiat tamoyillari, xossalari, vazifalari va tuzilmalarini texnik qurilma va tizimlarda qo‘llashga qaratilgan amaliy fan. Internet o‘z-o‘zini tashkil qiluvchi tizim bo‘lib, ko‘p jihatlari bilan tirik organizm evolyutsiyasini «takrorlaydi». |
Bipolyar kod | Birliklar navbatma-navbat qarama-qarshi qutblilikning kuchlanish impulslarini, «0» esa impulsning yo‘qligini bildiradigan signal uzatish usuli. |
Bir/bir modeli | Ko‘p oqimlilik modeli, bunda har bir foydalanuvchi oqimi yadroning bitta aniq oqimida aks etadi. |
Bir darajali qurilma | Berilgan vaqtda bitta xavfsizlik darajasidagi ma’lumotlarni qayta ishlay olishi mumkin bo‘lgan funksional blok. |
Bir darajali tarmoq | Bitta yoki bir nechta kompyuterning boshqa oraliq qurilmalariga murojaat qilmasdan bir birlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlashi mumkin bo‘lgan tarmoq. Bir darajali tarmoqda kompyuterlar bir vaqtda mijoz ham, server ham bo‘lishi mumkin. |
«Bir darcha» prinsipi | Davlat xizmatlarini taqdim etish prinsipi, unga ko‘ra, bunday xizmatlar talabnoma beruvchi tegishli talab bilan bir marta murojaat qilgandan so‘ng ko‘rsatilishi kerak. |
Bir dyumdagi nuqtalar soni | Ekran va printerning ruxsat etish imkonini o‘lchashda qo‘llaniladigan birlik. Qurilma bir dyuymdagi kesmada ko‘rsatishi yoki chop etishi mumkin bo‘lgan nuqtalar soni. Dyuymdagi nuqtalar soni qancha ko‘p bo‘lsa, ekrandagi tasvir shuncha sifatli ko‘rinadi. |
Bir jinsli bo‘lmagan tarmoq | Turli topologiya fragmentlaridan va turli xil texnik vositalardan tuzilgan kompyuter tarmog‘i. Bunday tarmoqda har xil turdagi uskunalar va almashuv protokollaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. |
Bir jinsli tarmoq | Mos keladigan uskuna va umumiy almashuv protokollaridan foydalanadigan, bir jinsli tuzilmaga ega tarmoq. Gomogen tarmoq deb ataladi. |
Bir kanalli kuchaytirgich (jamoaviy qabul qiluvchi antennalar uchun) | Chastotalar polosasining kengligi bitta muayyan televizion kanal bilan chegaralangan kuchaytirgich. |
Bir ko‘zguli antenna | Asosiy elementi fokusda nurlagich bilan joylashtirilgan parabolik ko‘zgu hisoblanadigan antenna. |
Bir lahzada suratga olish | 1. Maxsus dastur yordamida olinadigan ekran nusxasi, kompyuter videoxotirasining bir zumlik nusxasi (kam hollarda tezkor xotira qurilmasi). So‘ng bunday nusxani diskda saqlab qo‘yish, bosib chiqarish, tahrir qilish mumkin va h.k.2. Bir onlik nusxa, stop-kadr. |
Bir martali bloknot | Vernam shifri deb ham ataladigan kriptotizim, mutlaqo tasodifan generatsiyalanadigan bit satridan foydalanadi. Kalit oqim uzunligi ochiq matn uzunligiga teng. Tasodifiy bitlar satri va ochiq matn XOR operatsiyasidan foydalanib, shifrmatnni ishlab chiqish uchun kombinatsiyalanadi. Bunday algoritm mutlaqo maxfiy hisoblan... |
Bir martali parol | Tarmoqqa har bir kirishdan so‘ng o‘zgaradigan, amal qilish muddati juda qisqa bo‘lgan parol. |
Bir martali raqamli imzo | Har qanday xabar uchun raqamli imzo faqat bir marta ishlatilishi mumkin bo‘lgan sxema, ya’ni har bir yangi xabar uchun kalitlarning yangi jufti talab qilinadi. Bunday sxemaning afzalligi uning tezkorligi hisoblanadi, kamchiligi – katta miqdordagi axborotni (ochiq kalitlarni) e’lon qilish zarurligi, chunki har bir imzo ... |
Bir martali xabar | Faqat bir marta ishlatiladigan identifikator yoki raqam, ya’ni har bir keyingi aloqa seansida uning qiymati yangilanadi. |
Bir martali yoziladigan kompakt disk | Maxsus CD-disklarga bir martalik yozish imkonini beradigan qurilma. |
Bir modali optik tola | 1. Signal bir moda yoki tarqalish yo‘li bo‘ylab o‘tadigan optik to‘lqin o‘tkazgich (tola). Bunday tola yadrosining diametri uncha katta bo‘lmaydi.2. Faqat bir moda tarqalishi mumkin bo‘lgan optik tola; odatda, bu tola pog‘onali sinish ko‘rsatgichiga ega bo‘ladi. |
Bir modali tola | Markaziy o‘tkazgichi to‘lqin uzunligi bilan taqqoslanadigan juda kichik diametrga ega bo‘lgan (odatda, 5-10 mkm), yorug‘lik to‘lqinining tarqalish sharoitlari yagona moda bilan cheklangan tola. Nurlar, qobiqdan qaytmagan holda, yorug‘lik o‘tkazgichning optik o‘qi bo‘ylab tarqaladi. Bir modali tolaning o‘tkazish polosas... |
Bir nechta amaliy muhitning mavjudligi | Bitta operatsion tizim doirasida bir nechta operatsion tizim uchun ishlab chiqilgan dasturlarni bir vaqtda bajarish imkonini beradi. Ko‘p zamonaviy operatsion tizimlar bir vaqtda MS-DOS, Windows, UNIX (POSIX), OS/2 amaliy muhitlarini yoki bu ommabop to‘plamdan ayrim ko‘plikni ta’minlaydi. Ko‘plab amaliy muhitlar konsep... |
Bir nechta kamerani tutib turish | Abonentning translyatsiya vaqtida foydalaniladigan turli kameralardan tasvirni tanlash imkoniyati. |
Bir nurli antenna panjarasi | Bitta nurni shakllantiruvchi antenna panjarasi. |
Bir platali kompyuter | Butunlay bitta bosma platada joylashtirilgan kompyuter. |
Bir pog‘onali muhofaza qilish tizimi | Yagona kalit dasturiy ta’minotdan foydalanishni ta’minlaydigan muhofaza qilish tizimi. |
Bir rangli arxitektura | Har bir abonent tizimi bir xil ko‘lamda resurslarni taqdim va isteʼmol qilishi mumkin bo‘lgan, axborot tizimining konsepsiyasi. Bir rangli arxitektura shu bilan tavsiflanadiki, unda hamma abonent tizimlar teng huquqli va ularning bir- birlarini resurslariga murojaatlari simmetrik bo‘ladi. Buning evaziga, foydalanuvchi ... |
Bir sekunddagi kilobit | SI tizimidagi ma’lumot uzatish tezligining birligi. |
Bir tomonga yo‘nalgan interfeys | Maʼlumotlarning faqat bitta yo‘nalishda uzatilishini taʼminlaydigan interfeys. |
Bir tomonlama autentifikatsiya qilish | Xabar jo‘natuvchi yoki oluvchini autentifikatsiya qilish. |
Bir tomonlama funksiya | Berilgan x argument bo‘yicha f(x) funksiya qiymati oson hisoblab chiqariladigan funksiya. f(x) ni x dan hisoblab chiqarish anchagina murakkab. Hozirgacha bir tomonlama funksiyalarning mavjudligi qat’iy isbotlanmagan. Axborotni shifrlash uchun bir tomonlama funksiyalarni qo‘llab bo‘lmaydi, chunki ular yordamida shifrlan... |
Bir tomonlama xeshlash algoritmi | Xesh-kod olingan dastlabki ma’lumotlarning xesh-kod qiymati asosida amalda tiklab bo‘lmaslik xossasiga ega bo‘lgan xeshlash algoritmi. |
Bir tomonlama shifrlash | Shifrlash, dastlabki ma’lumotlari tiklanishi mumkin bo‘lmagan shifrlangan matn uning natijasi hisoblanadi.Izoh – Bir tomonlama shifrlash autentifikatsiya qilishda ishlatiladi. Masalan, bir tomonlama shifrlash usuli bilan parolni shifrlash natijasida olingan shifrlangan matn saqlanib qoladi. Kechroq taqdim etilgan parol... |
Bir turdagi uya; bir xil chastota sohasiga ega uya | Axborot almashinuvi qo‘shni klasterga kiruvchi yacheykalardan biridagi kabi, ayni shu chastotalar polosalarida ta’minlanadigan, hududiy jihatdan uzoqda joylashgan yacheyka (uya). |
Bir vaqtda uzatish | Bitta dasturni bir nechta tovush yoki televizion uzatish tarmoq‘i orqali bir vaqtda uzatish. |
Bir vaqtdagi qo‘ng‘iroq | Kiruvchi chaqiruvning birdaniga abonentning bir nechta (masalan, xizmat va mobil) рақамiga tushishi. Chaqiruvni ulash birinchi bo‘lib javob bergan рақамga amalga oshiriladi. |
Bir vazifali operatsion tizimlar | Virtual mashina foydalanuvchisiga kompyuter bilan ishlashni yanada sodda va qulay qilish vazifasini bajaradi. Bir vazifali operatsion tizimlar periferiya qurilmalarini boshqarish, fayllarni boshqarish vositalari, foydalanuvchi bilan muloqot vositalarini o‘z ichiga oladi. |
Bir xil darajali lokal hisoblash tarmog‘i (LHT) | Ajratilgan serveri bo‘lmagan va markazlashtirilgan tarzda boshqarilmaydigan LHT |
Bir yo‘ldoshning o‘tkazish qobiliyati | Yo‘ldosh retranslyatori samaradorligining integral ko‘rsatgichi. Yo‘ldosh orqali uzatiladigan berilgan o‘tkazish qobiliyati (masalan, 4,8 kbit/s) bilan telefon kanallarining o‘rtacha soni sifatida baholanadi. Ma’lumotlar uzatishga mo‘ljallangan tizimlarda o‘tkazish qobiliyati ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir sutka ... |
Bir o‘lchamli taxminlash, 1-D taxminlash | Taxminlangan qiymat, yoyishning o‘sha satridagi kadrning qo‘shni elementlaridan kelib chiqib olinadigan taxminlash. |
Bir chastotali tarmoq | Bitta radiochastota kanalida bir xil signallarni nurlantiradigan sinxronlangan uzatuvchi stansiyalar tarmog‘i. Xususan, bir xil radiochastota kanalidan birgalikda foydalaniladigan va o‘xshash signallar uzatiladigan DVB-T sinxronlangan stansiyalar tarmog‘i. |
Birga yo‘naltirilgan interfeys | Interfeys turi bo‘lib, tarmoqdagi har bir stansiya bir vaqtning o‘zida axborot signalini generatsiyalaydi. Ikkala signal ham aynan bir yo‘nalishda, tarmoqning bir uzelidan ikkinchisiga izchil uzatiladi. Bunday usulda axborot ayirboshlaganda qarama-qarshi yo‘nalishlarda uzatish, liniyaning har ikki uchidagi tayanch gene... |
Birgalikda foydalaniladigan resurslar | Bir vaqtda bir nechta foydalanuvchiga yoki jarayonga ajratiladigan resurslar. |
Birgalikda stroblash yoki diskretlash | Rangli alohida (komponentli) videosignalga nisbatan qo‘llaniladigan diskretlash usuli. Videosignallar bu holda yorqinlik signalini zichlash quyi eltuvchi chastotalarida diskretlanadi. Masalan, 4:2:2 usul orqali. Birgalikda stroblashda ikkita rang ajratuvchi signal yoki ajratilgan yorqinlik signali aynan o‘sha chastotal... |
Biriktirilgan | Elektron xatga matn ko‘rinishidagi faylni biriktirish. Agar fayl formati *.txt yoki *.html ko‘rinishda bo‘lsa, uning mazmuni xatni o‘qishda ko‘rinadi. |
Birin-ketin joylashtirib muhofaza qilish | Xavfsizlik tizimi konsepsiyasi, unda tarmoqdagi har bir kichik tizim mumkin bo‘lgan maksimal darajagacha muhofaza qilinadi. |
Birinchi avlod | Analog ma’lumotlar uzatilishidan foydalaniladigan mobil aloqa tizimlari. Ularga NMT, AMPS standartlarining tarmoqlari kiradi. |
«Birinchi bo‘lib keldi – birinchi bo‘lib xizmat ko‘rsatildi» | Navbatni qayta ishlash usuli, bunda elementlar navbatdan navbatga kiritilgan tartibda chiqarib tashlanadi. |
«Birinchi bo‘lib keldi ‒ oxirgi bo‘lib xizmat ko‘rsatildi». | Navbatni qayta ishlash usuli, bunda elementlar, ular navbatga kiritilishiga teskari tartibda navbatdan chiqarib tashlanadi va ularga xizmat ko‘rsatiladi. |
Birinchi munosib usul | Resurslarni taqsimlash algoritmi (sxemasi), unga ko‘ra, yangi ma’lumotlarni joylashtirish uchun birinchi bo‘lib mos keladigan blok egallanadi. |
Birlamchi halqa | FDDI standartining ikki halqali optik tolali tarmog‘idagi, foydali axborotni asosiy rejimda uzatish uchun mo‘ljallangan bog‘lovchi liniya. |
Birlamchi kalit | Amaliyotda jadvalning qatorini noyob aniqlagich sifatida ishlatiladigan ustun mazmuni yoki ustun guruhi mazmunlari to‘plami. |
Birlamchi muhofaza | Telekommunikatsiya simlari va yer ostida kuchlanishni cheklovchi qurilma. Namunaviy protektorlar 215 dan 350 voltgacha bo‘lgan o‘zgarmas tok kuchlanishini cheklaydi. |
Birlamchi xatolarni aniqlovchi va tuzatuvchi tezkor xotira qurilmasi | Xatolarni aniqlash va to‘g‘rilash sxemasi. 1-bitli xotoliklarni to‘g‘rilashi mumkin bo‘lgan va 2-bitli xatolarni aniqlay oladigan xotira sxemasi. |
Birlashtirilgan protsessor | Kompyuterga ulangan ikkilamchi protsessor. |
Birlashtirilgan yuqori tezlikli boshqaruv kanali | Ikki tomonlama boshqarish kanali, u orqali, odatda, mobil stansiyaning bir yacheykadan boshqasiga o‘tishida chastotani almashlab ulash komandalari uzatiladi. |
Birlashish | Turli axborot manbalaridan kelayotgang ikki yoki undan ortiq maʼlumot oqimini birlashtirish. |
Bit | Mashina kodining ikkili razryadi; ikkili sanoq tizimidagi 0 yoki 1 qiymatini oluvchi axborotning eng kichik birligi. |
Bit intervali | 1. Bit tezligiga teskari bo‘lgan birliklarda o‘lchana-digan, bitta bit elementni uzatish davomiyligi.2. Bir bitni uzatish uchun zarur bo‘lgan vaqt, uzatish tezligi 10 Mbit/s bo‘lganda, 0,1 μs ni tashkil etadi.Izoh − Vaqt nisbatlari bit intervallarida o‘lchanadi. |
Bit protokoli | Maʼlumotlarni bitma-bit uzatish protokoli. |
Bitdagi xato ehtimolligi | Aloqa kanallarining sifatini fizik sathda baholash uchun foydalaniladigan, ikkilik simvollarni qabul qilishning ishonchlilik ko‘rsatgichi. Miqdor jihatdan xato qabul qilingan bitlar sonining uzatilgan bitlarning umumiy soniga nisbati sifatida aniqlanadi. |
Bitkoin | Bir nomdagi hisob-kitob birligidan va bir nomdagi maʼlumotlar uzatish protokolidan foydalaniladigan piring to‘lov tizimi.Izohlar1. Turli mualliflar bitkoynlarni turlicha tasniflaydilar. Ko‘proq, kriptovalyuta, virtual valyuta, raqamli valyuta, elektron naqd pullar variantlari uchraydi.2. Bitkoynlardan, ularni qabul qil... |
Bitlar bo‘yicha xatolar koeffitsiyenti | Xatolar bilan qabul qilingan bitlar sonining, berilgan vaqt intervali ichida qabul qilingan umumiy bitlar soniga bo‘lgan nisbati. |
Bitlar bo‘yicha xatolarning qoldiq koeffitsiyenti | Tinish bo‘lmagan holatda bitlar bo‘yicha xatolar koeffitsiyenti, sistema ichidagi xatolarga qo‘yimlarni, atrof muhit ta’sirini, eskirish effektrlarini va uzoq muddatli xalaqtlarni ichiga oladi. |
Bitlar satri | Dasturlash tillarida, ikkilik razryadlar ketma-ketliklari bilan satrlar bilan bo‘lgan kabi ishlashni ta’minlaydigan ma’lumotlar turi. |
Bitlar spetsifikatsiyasi | Bir vaqtda aks ettirilishi mumkin bo‘lgan ranglar yoki kul rang darajalarining soni. Kompyuter grafik kartasi kontrollerining xotira hajmi bilan belgilanadi. 8 bitli kontroller 256 rangni, 16 bitli − 64000, 24 bitli − 16,8 million rangni aks ettirishi mumkin. |
Bitlar taqsimlanishining teskari moslashishi | Bitlarning koderda ham, dekoderda ham bir xil hisob-kitoblar amalga oshiriladigan taqsimlash usuli. |
Bitlarni nazorat qilish | Nusxa ko‘chirishdan muhofaza qilish usuli, unga ko‘ra, yo‘lka (yoki boshqa soha) bitlarning ma’lum sonini o‘z ichiga olsa, disk original sifatida aniqlanadi. |
Bitli tasvir | Binar tasvir, uni raqamli shaklda aks ettirish va saqlash uchun uning har bir elementi (pikseli)ga axborotning 1 biti ajratilgan bit xaritasi ishlatiladi. Piksellarning mazmuni faqat «0» va «1» bo‘lishi mumkin bo‘lgani uchun binar tasvirlar, ayniqsa bir bitli binar tasvirlar, juda yaxshi siqiladi va rastrli tasvirlarni... |
Bitli xatolar chastotasi | Uzatish sifatining o‘lchami. Tayyorlik holatida turgan kanal bo‘yicha test o‘tkazish vaqtida uzatilgan xatoli bitlar sonining umumiy bitlar soniga nisbati teng bo‘lgan raqamli uzatish tizimi uchun asosiy parametr. |
Bitma-bit hisoblash | Nusxa olinishdan muhofaza qilish usuli bo‘lib, qandaydir yo‘lka (yoki boshqa soha) bitlarning muayyan sonini ichiga olganda, disk original sifatida aniqlanadi. |
Bitreyt | Raqamli ma’lumotlar oqimining uzatish tezligi. |
Bitta dastur ‒ ko‘p ma’lumotlar | Bir dasturda ma’lumotlar oqimlarining parallel qayta ishlanishi (bajarilishi) ko‘zda tutiladigan arxitektura. |
Bitta kirishga ega ko‘p diapazonli kuchaytirgich (jamoaviy qabul qiluvchi antenna uchun) | Bir nechta muayyan radioeshittirish diapazonida ishlash uchun mo‘ljallangan bitta kirishga ega kuchaytirgich. |
Bitta komandalar oqimi ‒ ko‘p ma’lumotlar oqimi | Bir necha protsessordan bir xil ma’lumotlar massivlarini qayta ishlash uchun bitta komandadan foydalaniladigan, parallel kompyuter tizimi arxitekturasi. |
Bitta qo‘ng‘iroq | Firibgarlik usuli, bunda uyali telefon faqat bir marta jiringlaydi, agar uning egasi aniqlangan telefon raqamiga qayta qo‘ng‘iroq qilsa, firibgar ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng unga katta miqdordagi summaga hisob yuboradi. |
Bitta raqamga xizmat ko‘rsatish – chaqiruvni ketma-ket tugatish | Chaqirayotgan abonentga menyu taqdim etish xizmati. Undan abonent klassik IS xizmatini, yoki АТС bazasidagi IS xizmatini, yoki istalgan talab qilinayotgan servisni tanlashi mumkin. Chaqirayotgan abonent DTMF yordamida uzatiladigan, o‘z telefon apparatidagi raqamlar yoki belgilar kombinatsiyasini bosish yoli bilan talab... |
Bitta raqamga xizmat ko‘rsatish – xizmatni avtomatik tanlash | Abonent turli joylarda bo‘la turib va ushbu xizmatdan foydalana turib, o‘zining noyob telefon raqamidan (One number service) foydalanishi mumkin. Buning uchun beshta har xil oxirgi (terminal) liniyalar ro‘yxati tegishli abonent raqamlari bilan tuziladi, ulardan foydalanish ma’lum ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Bunda... |
Biznes-guruhlar uchun hisob kodlari | Abonentga CDR (Call detail record – chaqiruvning batafsil yozuvi) ga alohida telekommunikatsiya to‘lovlarini yaratish uchun hisobga olish kodini kiritish imkonini beradigan xizmat. |
Biznes-hamkor uchun mo‘ljallangan elektron biznes | Axborot makonidagi iqtisodiy faoliyatning qo‘shimcha qiymat zanjirini shakllantirishda qatnashadigan tashkilotlar bilan, uzoq muddatli va samarali iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan sohasi |
Biznes-jarayon | Resurslar iste’mol qiladigan, natijada mahsulotning muayyan guruhi (sanoat mahsuloti, qurilgan obyekt, axborot mahsuloti, boshqarish qarori va h.k.lar) ishlab chiqariladigan, o‘zaro bog‘langan biznes-protseduralar to‘plami. Barcha biznes-jarayonlar kompaniya funksiyalarini bajarish uchun mavjud bo‘lib, maqsadlar hamda ... |
Biznes-jarayon modeli | Tizimda biznes jarayonning nusxalari yaratilishida asos bo‘lib xizmat qiladigan andoza (shablon). O‘z ichiga quyidagilarni oladi:- biznes-jarayon sxemasini;- foydalaniladigan rekvizitlar ro‘yxatini;rekvizitlarni biznes-jarayon nuqtalariga bog‘lashni, ularni hisoblash va to‘ldirish algoritmlarini;- vazifa bajarilishinin... |
Biznes-jarayon sxemasi | Biznes jarayon tuzilmasini aks ettiradigan grafik sxema, shuningdek, bu tuzilma doirasida jarayonning bajarilish ketma-ketligi. |
Biznes-jarayon tavsifi | Biznes-jarayon sxemasini matnli, jadval yoki grafik tarzda taqdim etish. |
Biznes-jarayonlar reinjiniringi | Ishlab chiqarish-xo‘jalik va iqtisodiy-moliyaviy faoliyatning eng yuqori samarasiga erishish uchun, tegishli tashkiliy-boshqaruv hamda normativ hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan, biznes-jarayonlarni tubdan qayta anglab yetish va qayta loyihalash. Reinjiniring axborot tizimlarining ishlab chiquvchilariga ham, menejerla... |
Biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish | Axborot texnologiyalari yordamida biznes jarayonlarni boshqarish tizimining amalga oshirilishi. |
Biznes-jarayonlarni boshqarish | Zamonaviy boshqarish uslublaridan biri, o‘z ichiga biznes-jarayonlarni boshqarishning dasturiy ta’minoti va g‘oyasini oladi. |
Biznes-jarayonlarni modellash notatsiyasi | Biznes jarayonlarni, biznes sohasining ishlab chiquvchilardan tortib, monitoring jarayonlarini amalga oshiradigan boshqaruvchilargacha bo‘lgan har bir qatnashchisiga tushunarli bo‘lgan yagona standart bo‘yicha biznes jarayonlarni tavsiflash uchun ishlab chiqilgan notatsiya (shartli yozma belgilar tizimi). BPMN sxemasin... |
Biznes-jarayonlarni optimallash | Tashkilotning mavjud biznes-jarayonlarini qisman takomillashtirish. Funksiyalarning takrorlanishi, axborot sirtmoqlari kabi oshkor kamchiliklardan xalos bo‘lish orqali yuz beradi.Izoh – Biznes-jarayonlarni optimallash tegishli tashkiliy-boshqaruv va normativ hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Biznes-jarayonlarni optim... |
Blitter | Rastrli grafik tasvirlar bilan operatsiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan, ixtisoslashtirilgan mikrosxema. |
Blog | O‘quvchilar uchun sharh qoldirish imkoniyati bo‘lgan shaxsiy onlayn kundalik (ya’ni, yozuvlarning xronologik tuzilmasiga ega veb-sayt).Izoh – Blogdan, shuningdek, piar kanali sifatida yoki hatto, ommaviy axborot vositasi sifatida ham foydalanish mumkin. |
Bloger | Qar.: Blog. |
Blogosfera | Qar.: Blog. |
Blok | 1. Manzil , boshqaruvchi maydon va xatolarni aniqlash imkonini beradigan nazorat summasi yakunlangan va alohida mohiyat kabi ko‘rib chiqiladigan uzatilgan ma’lumotlar ketma-ketligi.2. Sarlavha va axborot maydonidan iborat axborot birligi.3. Ma’lum bir funksiyani bajaradigan, konstruktiv va funksional jihatdan o‘zaro bo... |
Blok bo‘yicha almashlagich | Kirish ketma-ketligidagi qo‘shni bitlar o‘rni almashtirib qo‘yilishini ta’minlovchi almashlagich.Izoh − U ularni turli bloklar bo‘yicha blok o‘lchamiga teng «chuqurlikka» taqsimlaydi. Blok bo‘yicha almashish operatsiyasi ortiqlilik kiritmaydi, kirish va chiqish oqimlari tezligini bir xilda saqlaydi. |
Blok manzili | Xotira sohasining manzilsi. Bloklarga manzillar orqali murojaat qilinadi. |
Blok-multipleks kanal | Ma’lumotlar bloklab uzatiladigan multipleks kanal. |
Blok raqami | Qurilma (odatda, disk) blokini yoki faylni identifikatsiyalovchi son. Fizik raqam manzilni (yo‘lka raqamini va yo‘lkadagi raqamni) belgilaydi. Mantiqiy raqam qurilmadagi blokning tartib raqamini bildiradi va qurilma drayveri tomonidan fizik raqamga aylantiriladi. Virtual raqam fayl ichidagi blok raqamini belgilaydi va ... |
Blok-sxema | 1. Algoritmning grafik tarzda taqdim qilinishi. Algoritm ko‘rgazmaliligini oshiradi. Blok-sxemalar tuzish ayniqsa, boshlovchi dasturchilar uchun foydali.2. Tizim tuzilmasi yoki texnik vositalar tarkibining grafik tarzda taqdim qilinishi. |
End of preview. Expand in Data Studio
README.md exists but content is empty.
- Downloads last month
- 4